Eldorga xush kelibsiz!

Bu kishilar va turli-tuman ongli hamda uncha ongli bo’lmagan mavjudotlar yashaydigan dunyo. Ba’zi bir mavjudotlar kishilarning yashashlariga yordam berishadilar, ba’zilari esa juda ham dushmanlarcha kayfiyatda bo’lishib, yonida turgan istalgan odamga hujum qilishga tayyorlar. Biroq kishilar ham bir-birlari bilan unchalik do’stona yashamaydilar. Avvaliga kishilar o’rtasida irqlarga bo’linish yo’q edi. Ammo mudhish kunlar etib keldi va kishilar ajralib ketishdi. Buyuk daryoning shimoliy bo’yida yashashga qolganlar o’zlarini Shimolliklar, Buyuk daryoning janubida qolganlar o’zlarini Janubliklar deb atay boshladilar. Va ular bir-birlari bilan dushmanlik qila boshladilar. Va Suriya to’glarida Buyuk Arenani yaratib, janglarda kimning Xudosi kuchliligini aniqlay boshladilar. Ammo dushmanlikni birodarkushlik urushiga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaydigan Qadimiy donishmanlikning asrovchilari qolgandilar. Va bu asrovchilar kishilarni odamlarning aqlini o’g’irlagan va akani ukaga qarshi borishiga majbur qiladigan Yovuz kuchlar bilan kurashga yo’naltiradilar.